Xorazmda noqonuniy mayning bilan shug‘ullanayotgan shaxslar aniqlandi

3-sahifa

image

Xorazm viloyati Yangibozor tumanida noqonuniy kripto-aktivlar mayningi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslar aniqlandi. Ular elektr tarmoqlari korxonasi (ETK) manfaatlariga 112,7 mln so‘m zarar yetkazgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yangibozor tumanida yashovchi fuqaro U.Q. o‘zining xonadonida o‘zboshimchalik bilan hisoblagichdan tashqari elektr tarmog‘iga ulanib, 8 ta kompyuterlarni o‘rnatgan va 372 kun davomida noqonuniy  kripto-aktivlar mayningi faoliyatini yuritgan. Oqibatda ETK manfaatlariga 235,1 mln so‘m zarar yetkazgan.

Bundan tashqari, mazkur tumanda yashovchi yana bir fuqaro K.Q. o‘zining xonadonida o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanib, 25 ta kompyuterni o‘rnatib, 198 kun davomida noqonuniy  kripto-aktivlar mayningi faoliyatini yuritgan. Oqibatda ETK manfaatlariga 122,4 mln so‘m zarar yetgan.

Xabarga ko‘ra, holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida noqonuniy mayning ferma faoliyatiga chek qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1150

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing