Xorazmda “Qishloqqurilishbank” xodimi 30 mln bilan ushlandi

3-sahifa

image

Xorazmda fuqarolarga subsidiya asosida uy olib berishni va’da qilgan bank kassiri ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Xonqa tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. 

Tezkor tadbirda ATB “Qishloqqurilishbank” Xonqa filialining katta kassir-nazoratchisi E.K. fuqarolar S. va N.ga Urganch shahrida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan 2 tasini tanishlari yordamida subsidiya asosida 20 yillik ipoteka krediti orqali olib berishni va’da qilgani aniqlangan. 

Buning evaziga E.K. oldindan kelishilgan 30 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

317

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing