Xorazmda farzandini 7 700 AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan 23 yoshli ona ushlandi

Jamiyat

image

Xorazm viloyatida 2 yoshli farzandini 7 700 AQSH dollarga sotmoqchi bo‘lgan 1997 yilda tug‘ilgan ona ushlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ nashriga Urganch shahar IIB va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti Xorazm viloyati boshqarmasi xabar berdi.

“Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi, K.Sh. (1997 y.t), 2018 yilda tug‘ilgan farzandi I.Sh.ni fuqaro A.ga 7 700 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan“, deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan K.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Qoraqalpog‘istonda 13 yoshlik farzandini sotayotgan ona ushlangani haqida xabar berilgan edi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Bola savdosi

Baholaganlar

216

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar