Xorazmda er-xotinga tegishli mashinalar yonib ketdi

3-sahifa

image

Xorazmda er-xotinga tegishli bo‘lgan Malibu va Hongqi T55 mashinalari yonib ketdi. Avtomobillarning yonayottgani aks etgan tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Joriy yilning 27 noyabr kuni soat 06:01 da Urganch shahar Al-Xorazmiy ko‘chasida joylashgan avtoturargohda fuqaro E.S.ga tegishli Malibu mashinasining motor qismi, ikki old shinasi, qisman salon qismi yongan.

Shuningdek, uning turmush o‘rtogi M.J.ga tegishli Hongqi T55 avtomashina butkul yongan. 

Voqea joyiga yong‘in-qutqaruvchilar soat 06:04 da yetib borgan hamda soat 06:08 da yong‘in o‘chirilgan.  
Boshqarmaga ko‘ra, yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

513

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing