Xorazmda deputat hokimlikka tayinlandi

Jamiyat

image

Abduraimov Zafar Atanazarovich Xazorasp tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Xorazm viloyat hokimligi ma’lum qildi.

“Bugun xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashining navbatdan tashqari 107-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Jo‘rabek Raximovning tavsiyasiga ko‘ra ilgari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati vazifasida ishlab kelgan Abduraimov Zafar Atanazarovich Hazorasp tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi”, deyiladi xabarda.

Zafar Abduraimov ushbu tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati vazifasida faoliyat yuritgan. 
46 yoshli deputat Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Zafar Abduraimov “Milliy Tiklanish” Demokratik Partiyasining a’zosi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasida ham faoliyat yuritadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing