Xorazmda bandlikka ko‘maklashish markazi xodimi pora bilan ushlandi
Jamiyat
−
21 mart 2022 11548 1 daqiqa
Xorazm viloyati Shovot tumanida kam ta’minlangan oilalarga beriladigan uylardan birini olib berishni va’da qilgan markaz xodimi 2,5 ming dollar pora bilan ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departament hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Shovot tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi yordamchi inspektori R. fuqaro N.ga kam ta’minlangan oilalarga beriladigan uylardan birini olib berishni va’da qilgani aniqlangan.
Yordamchi inspektor xizmati evaziga 7 ming 600 dollar talab qilib, shundan 2 ming 500 dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xabarga ko‘ra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Live
Barchasi