Xorazmda ayol “stonok” ichiga tushib ketishi oqibatida vafot etdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazmda ayol dastgoh ichiga tushib ketishi oqibatida vafot etganligi haqida videolar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi Matbuot xizmati holat bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni ochiqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 8 iyul kuni soat 09:15 da Xorazm viloyati Xonqa tumanining Mustaqillik mahallasida joylashgan “Qoraqosh ta’mir plast servis” korxonasida fuqaro S.M. plastik mahsulotlarni maydalash bo‘limidagi texnika xavfsizligi talabiga javob bermaydigan qo‘lbola “stanok”da ishlayotgan vaqtida uning ichiga tushib ketgan. Oqibatda chap yelka sohasi yuqori uchligi, chanoq-son bo‘g‘imi, chap oyog‘i jarohatdan keyingi to‘liq amputatsiyasi bilan bog‘liq tan jarohatlari olishi natijasida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilganda holatga korxonada xodimlarning xavfsizlik texnikasi talab va qoidalariga rioya qilishlari ustidan bo‘lgan nazorat sustligi, ularga havfsiz mehnat usullari o‘rgatilmaganligi, ishchilar belgilangan tartibda mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitilmagani, korxonada ishlarini noto‘g‘ri tashkil etilishi va ish joyida xavfsiz mehnat sharoiti yaratilmagani, marhuma texnika xavfsizligi qoidalarini bilmasligi, tajribasizligi, o‘zboshimchaligi, shoshma-shosharlik qilib, maydalash va yuvish uskunasi ichiga tushib, plastik chiqindilardan tozalashga uringanligi sabab bo‘lganligi aniqlangan.

Holat bo‘yicha, Xonqa tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat Kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, korxona rahbari Sh.N.ga bir qancha ayblovlar qo‘yildi.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

868

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing