Xorazmda 3 kishi kanalizatsiyada zaharlanib, vafot etdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatining Urganch tumanida bir kunda 3 ta jasad chiqqani haqida videolavha tarqalgandi. Ushbu holat yuzasidan Xorazm viloyati prokuraturasi izoh berdi.

Xabarga ko‘ra, joriy yilning 27 avgust kuni soat 17:20 larda Urganch tumani, Chotko‘pir qishlog‘i, Orzu mahallasida uch nafar fuqaro kanalizatsiya quvuri ichiga tushib, vafot etgan.

Aniqlanishicha, fuqarolar X. Shukurulloyev, O. Qurbonov va Sh. Qurbonov ko‘p qavatli uylardan chiqqan suvlarini haydab chiqarish uchun mo‘ljallangan kanalizatsiya kamerasiga tushishganida, kamera ichida to‘planib qolgan gazdan zaharlanib, voqea joyida vafot etgan

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

234

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made