Xorazm va Jizzaxda pul evaziga noqonuniy yer olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi
Jamiyat
−
10 mart 2021
2999Xorazm viloyatida 5 ming AQSH dollari, Jizzax viloyatida 50 mln so‘m evaziga yer olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro V.R. va U.R. oldindan til biriktirib, fuqaro O. ga turar joy binosini qurish uchun tuman hokimligi zaxirasidan 1 200 kv 2 metr yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali olib berish evaziga 5000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, G‘allaorol tumani “O.” suv iste’molchilari uyushmasi raisi F.T. yer sotishga vakolati bo‘lmasada, fuqaro I. ning ishonchiga kirib, unga uyushma hududidan g‘allachilikka ixtisoslashgan 3 gektar suvli hamda 20 gektar lalmi yer maydonlarini firibgarlik yo‘li bilan sotishni rejalashtirib, oldindan kelishilgan 50 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi