Xorazm tadbirkorlari uchun imtiyozlar belgilandi
Jamiyat
−
01 mart
5066Xorazm viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar uchun qator imtiyozlar belgilandi. Bu haqda bugun, 1 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Bildirilishicha, endilikda import uskunalar, ehtiyot qism va xomashyo 5 yilga bojxona to‘lovidan ozod qilinadi. Tadbirkorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini 180 kunga kechiktirib to‘lashga ruxsat beriladi.
Shuningdek, mahalliylashtirish loyihalariga olingan kredit foizining 10 foiz bandi qoplab beriladi, davlat mulki va yer uchastkalarini xususiylashtirishda 5 yil ichida bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi.
Bundan tashqari, sotilgan ko‘chmas mulk uchun to‘lov 3 oyda amalga oshirilganda 25 foiz chegirma beriladi. Iqtisodiy va sanoat zonalarida olgan majburiyatini bajargan tadbirkorlar yer va binoni xususiylashtirishi mumkin bo‘ladi.
Shu bilan birga, eksportchilarga boshqa viloyatdan xomashyo yetkazib berish uchun yo‘l xarajatlarini 50 foizi Eksport jamg‘armasidan qoplab beriladi.
LiveBarchasi