Xonanda Jasmin AQSH sanksiyalari ro‘yxatiga kiritildi

Madaniyat-san’at

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari bugun, 26 oktyabr kuni Moldovada korrupsiyaga aloqadorlikda ayblanayotgan Rossiyaning 9 jismoniy va 12 yuridik shaxsiga sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotda aytiladi. 

“Bugun AQSH Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (cheklovchi choralarni qo‘llash sohasida amalga oshirish uchun mas’ul – tahr.) Rossiya Federatsiyasi hukumatining davom etayotgan zararli ta’sir kampaniyalariga va Moldovada tizimli korrupsiyaga qarshi kurashish uchun 9 jismoniy va 12 yuridik shaxsga nisbatan sanksiyalar qo‘llash orqali chora ko‘rdi. Sanksiyalar qo‘llanilayotgan jismoniy va yuridik shaxslar orasida Moldova siyosiy va iqtisodiy institutlarini egallab olish va korrupsiyalash bilan mashhur bo‘lgan oligarxlar, shuningdek, Rossiyaning AQSH, uning ittifoqchilari va hamkorlari, jumladan Moldova va Ukrainani manipulyatsiya qilishga qaratilgan global ta’sir kampaniyasining vositasi bo‘lib ishlayotganlar bor”, deyiladi hujjatda. 

Boshqalar qatorida qo‘shiqchi Yasmin va oligarx, Moldova Demokratik partiyasining sobiq rahbari Vladimir Plaxotnyuk qora ro‘yxatga kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jasmin

Baholaganlar

331

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar