Xonanda Yorqinxo‘ja Umarov Ozodbek Nazarbekovga kuyov bo‘lyapti

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov qizi Zinnurani xonanda Yorqinxo‘ja Umarovga turmushga bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 17 sentyabr kuni Ozodbek Nazarbekov yaqinlariga osh qilib bergan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan to‘yxonaga bir qancha taniqli san’atkorlar kelganini ko‘rish mumkin.

Yorqinxo‘ja va Zinnuraning nikoh to‘yi esa joriy yilning 19 sentyabr kuni soat 18:00 ga belgilangan.

Ma’lumot uchun, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov avval Shukrullo Egamberdiyev (Shukrullo domla) bilan quda bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing