Xon Saroy jamoasi a’zosi – Baxshulla Sayfullayev Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi!
Biznes
−
15 iyun
1596415 may, chorshanba kuni bodibilding va fitness ustasi Baxshulla Sayfullayev boshchiligidagi jamoa Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Sportchilarimizning kuchi va chidamliligi chegara bilmaydi. Ular 47 soniyadan kamroq vaqt ichida 13,5 tonnalik samolyotni 100 metrga tortib olishga muvaffaq bo‘ldi va shu bilan yangi jahon rekordini o‘rnatdilar.
Ushbu ulkan yutuq nafaqat Xon Saroy jamoasi a’zosi Baxshulla Sayfullayev uchun g‘alaba, balki butun O‘zbekiston uchun g‘urur bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Sportchimiz nafaqat ajoyib yutuqlarga erishmoqda, balki ko‘plab yoshlarimizga salomatlik va chidamlilik bilan o‘rnak bo‘lib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Baxshulla Sayfullayev 1-7 sentyabr kunlari Nepalning Katmandu shahrida o‘tkazilgan 55-Osiyo chempionatida Oltin va bronza medallarini, 6-12 noyabr kunlari Koreyaning Vonju shahrida o‘tkazilgan bodibilding va fitness bo‘yicha 14-jahon chempionatida Oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Baxshulla Sayfullayevning har bir yutuqlari Xon Saroy kompaniyasi tomonidan munosib taqdirlanib, 4 xonali uy va Tracker 2 avtomobili taqdim etilgan edi.
Xon Saroy kompaniyasi homiyligida suratga olingan “Irodam kuchli”loyihasi orqali ko‘plab yoshlarni sog‘lom turmushga rioya qilishga va sport bilan shug‘ullanishiga turtki bo‘lgan edi.
Xon Saroy kompaniyasi bugungi kunda eng ishonchli qurilish kompaniyalaridan biriga aylanib ulgurdi. Bunga sabab sifatli va mustahkam binolarni o‘z egalariga o‘z vaqtida, qolaversa, tantanali ravishda topshirilishi. Umumiy 18 ta loyiha ustida ishlab kelayotgan kompaniya, poytaxtimizda 2024 yilga qadar 8 ta loyiha qurilishini yakunladi. Xon Saroy qurilish kompaniyasi zamonaviy binolar va turarjoy majmualarini qurish bilan cheklanib qolmay, yurtimiz sport va madaniyati rivojiga o‘z hissasini ham faol qo‘shib kelmoqda.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi