“Xon-Saroy” — Toshkent shahridagi sifatli va hamyonbop uylar

Biznes

image

Tajriba – sifat garovi

“Xon-Saroy” kompaniyasi qurilish bozorida “Navoiy Citi” brendi ostida 10 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Asosiy bazasi Navoiy shahrida joylashgan kompaniya endilikda Toshkent shahrida ham sifatli va zamonaviy uylar qurmoqda.

Shiorimiz – “Xalq uchun sifatli va hamyonbop uylar”

Sifatni birinchi o‘ringa qo‘yuvchi “Xon-Saroy” qurilish kompaniyasi loyihalariga yuqori malakali muhandis va quruvchilar jalb etib keladi. Shuningdek, biz zamon talabiga javob bera oladigan binolarni qurishda Rossiya va Yaponiyaning yetakchi kompaniyalarida ishlab chiqarilgan sifatli qurilish materiallaridan foydalanamiz. Sifatli qurilish materiallari qurilish ishonchliligi kafolatidir.

Kompaniyamizning shiori “Xalq uchun hamyonbop uylar” bo‘lgani bois sifatli qurilish materiallari bilan qurib bitkazilgan xonadonlarimiz narxi daromadi o‘rtacha bo‘lgan oilalarga ham mos tushadi. Sifat bo‘yicha boshqa kompaniyalar bilan bemalol raqobat qila oladigan “Xon-Saroy” kompaniyasi o‘z shioriga amal qilib xonadonlar narxini hamyonbop qilib belgilaydi.

“Xon-Saroy” turar-joy majmualarida sizga yuqori darajadagi shinamlik, qulaylik va xavfsizlik taklif etiladi.

Ayni vaqtda Toshkent shahri Yunusobod tumani 19-mavze va 2-mavzeda joylashgan “Xon Saroy” turar-joy majmuasidagi xonadonlar sotuvda.

Turar-joy binosi atrofida maktab, kasalxona, bolalar bog‘chalari, masjid, maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalari, do‘kon va butiklar, restoran hamda kafe, shuningdek, o‘quv markazlari joylashgan.

Ichki hovlida tinchlik va saranjomlikni aks ettiruvchi barcha narsa mujassam: jihozlangan bolalar maydonchasi, shinam shiyponlar, sayilgohlar va ko‘rkam bog‘.

Turar-joy majmuasining hududi o‘ralgan, hovli hududlari va sayilgohlar begona transportlar kirishi uchun yopiq.

“Xon-Saroy” turar-joy majmuasida zamonaviy tezyurar liftlar o‘rnatilgan bo‘lib yuqoriga chiqish va pastga tushish muammo tug‘dirmaydi. Keng eshik hamda zinapoyalar yangi ko‘chib kelgan xonadon egalarining yuk tashishlari uchun juda qulay. Xonadonlar 2 ta tizimli avtonom isitish qozonlari bilan ta’minlangan.

Majmua videokuzatuv kameralari bilan ta’minlangan bo‘lib, aholining xavfsizligi alohida e’tiborga olingan. Bundan tashqari, majmuada ko‘p sig‘imli avtoturargoh mavjud.

“Xon-Saroy” uylari bu:

•    Sifatli chet el xom-ashyolaridan qurilayotgan hamyonbop uylar;

•    xarid qilishning qulay shartlari va muddatli to‘lov;

•    rivojlangan infratuzilma va avtoturargohlar;

•    Yangi bolalar maydonchasi va keng yashil hudud;

•    Zamonaviy va tezkor liftlar;

•    Bepul balkon (ayvon)lar.

Aksiya doirasida xonadon xarid qilishga shoshiling.

Sizda hamyonbop narxda zamonaviy xonadon sotib olish istagi paydo bo‘ldimi? U holda bizga bog‘laning.

Murojaat uchun telefon:

+99871 200 74 00

Ijtimoiy tarmoqlardagi manzillarimiz:

Facebook 

Instagram 

Telegram 

Telegram_bot

Sayt

Reklama huquqi asosida.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xon-Saroy

Baholaganlar

1880

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar