Xoland JCH-2022 favoritlarini ma’lum qildi
Sport
−
16 noyabr 2022
3555"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCH-2022 bahslarida favorit deb bilgan jamoalari haqida gapirdi.
“Menimcha, favoritlar Braziliya, Argentina, Fransiya va ehtimol Angliya. Men bitta jamoa nomini ayta olmayman, chunki hozir yaxshi jamoalar ko‘p. Ammo bu to‘rtta jamoa, mening fikrimcha, eng kuchlisi”, deydi Xoland.
Qatardagi futbol bo‘yicha Jahon chempionati-2022 yil 20 noyabrda boshlanadi. Turnirning ochilish uchrashuvida Qatar va Ekvador terma jamoalari maydonga tushadi. Final bahsi 18 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Norvegiya terma jamoasi turnir saralashidan o‘ta olmagani uchun Xoland mundialni o‘tkazib yuboradi. Ma’lumot uchun, Erling Angliyaning Lids shahrida tug‘ilgan. Bu holat "Manchester Siti" hujumchisiga Angliya terma jamoasida o‘ynash huquqini berardi, biroq u otasi kabi Norvegiya termasida o‘ynashga qaror qildi.
LiveBarchasi