Xoland va Mbappe kelsa ham “Manchester Yunayted" APLda g‘olib bo‘la olmaydi – Ferdinand

Sport

image

"Manchester Yunayted" Erling Xoland va Kilian Mbappeni sotib olsa ham chempion bo‘la olmaydi. Bu haqda “qizil iblislar”ning sobiq futbolchisi Rio Ferdinand “BT Sport” talekanali efirida gapirib o‘tgan.

“Agar, “Manchester Yunayted” direktorlar kengashida bo‘lganimda, “Barselona”ning urugvaylik himoyachisi Ronald Arauxo va PSJ futbolchisi Markinosni sotib olar edim. Joriy yilning yoz oylarida “Manchester Yunayted”ning rahbariyati Mbappe va Xolandni olib kelsa ham, “qizil iblislar” baribir  APLda g‘alaba qozona olmaydi. Kimni taklif qilishidan qat’iy nazar, yangilanish eng yuqoridan (rahbariyatdan) bo‘lishi kerak", degan "Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi .

Ma’lumot o‘rnida, Rio Ferdinand 2002-2016 yillarda harakat qilgan. Shu vaqt mobaynida Ferdinand “qizil iblislar” safida 455 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 9 golli uzatma amalga oshirgan

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing