Xoland ikki futbolchiga nasib qilgan natijani takrorladi
Sport
−
06 Oktabr 2022
2357"Manchester Siti"ning norvegiyalik hujumchisi Erling Xoland Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan "Kopengagen"ga qarshi o‘yinda (5:0) ikkita gol urdi.
22 yoshli hujumchi turnirdagi 22-o‘yinida 27 va 28-gollarini kiritdi. Uning o‘rtacha har bir o‘yiniga 1,27 gol to‘g‘ri kelmoqda. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u YeCHLda o‘ynagan 98 ta jamoani ortda qoldirdi, deb xabar bermoqda "Opta" nashri.
Shuningdek, Xoland Angliya klublari safida YeCHLdagi dastlabki uchta o‘yinida gol urgan uchinchi futbolchiga aylandi. Bungacha Maruan Shamax ("Arsenal") va Ferran Torres ("Manchester Siti") xuddi shunday natija qayd etishgan.
Joriy mavsumda Xoland Chempionlar ligasida 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi. Angliya chempionatida norvegiyalik 8 uchrashuvda 14 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Shahzod Shukurov
LiveBarchasi