Xoland? Bizda dunyoning eng kuchli hujumchisi bor – Salihamijich

Sport

image

“Bavariya” sport direktori Hasan Salihamijich Myunxen klubi Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Xolandga qiziqmayotganini aytdi. Bu haqda Salimhamijichning so‘zlariga tayanib, Fabritsio Romano ma’lum qildi.

“Men Levandovski bilan gaplashdim. Endi esa uning agenti bilan gaplashamiz. Robertning 2023 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasi bor. Biz bitimni uzaytirish masalasini hali muhokama qilganimiz yo‘q. Ammo hozir Robertning ishlari bilan shug‘ullanishni boshlaymiz. Xoland? Jamoamizda dunyoning eng yaxshi hujumchisi Robert Levandovski bor. Xolandni sotib olish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi”, degan Salihamijich.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniyaning “Barselona” klubi polshalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish harakatiga tushgan. Futbolchining o‘zi ham bunga qarshi emas.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda 33 yoshli Levandovski “Bavariya” tarkibida barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 48 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

23

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing