Xoland APLning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi mumkin

Sport

image

“Borussiya Dortmund” futbol klubi hujumchisi Erling Xoland “Manchester Siti”ga o‘tsa, Angliya Premer ligasida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi.

“Shaharliklar” 21 yoshli norvegiyalik futbolchiga haftasiga 500 ming funt sterlingdan ortiq maosh taklif qilmoqda. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi 

Hozirda “Manchester Yunayted”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu va “Manchester Siti” yarimhimoyachisi  Kevin de Bryuyne  APLda eng ko‘p maosh olishadi. Ular haftasiga taxminan 385 ming funt ishlab topmoqda.

“Manchester Siti” rasmiylarining fikricha, Xoland bir oy ichida kelgusi faoliyati haqida qaror qabul qiladi va bu qaror “shaharliklar” foydasiga bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, Erling Xolandning “Borussiya  Dortmound” bilan imzolagan shartnomasi  2024 yilda yakuniga yetadi. Kelishuv bekor qilingan taqdirda norvegiyalikning shartnomasidagi tovon puli 75 million yevroni tashkil qiladi. Ushbu mavsumda Erling “Borussiya” safida barcha musobaqalar doirasida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib 23 ta gol va 6 golli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali Erling Xolandni 150 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

28

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing