Xokkey bo‘yicha Olimpiya chempioni o‘lik holda topildi

Sport

image

Xokkey bo‘yicha AQSH terma jamoasi bilan Olimpiya chempioni bo‘lgan Mark Pavelich davolash markazidagi kvartirada o‘lik holda topildi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

63 yoshli sobiq sportchining o‘limi sababi haqida xabar berilmagan. Pavelich oxirgi marta tirik tarzda 3 mart kuni ko‘rinish bergan. Qayd etilishicha, amerikalik ruhiy salomatlikda muammolarga duch kelgan. Pavelich Minnesota shtatidagi Sok Centerda joylashgan davolash markazida saqlanayotgan edi.

U 2019 yilda qurol saqlash ayblovlariga duch keldi. Bunga Pavelichning qo‘shnisi bilan mojarosi sabab bo‘lgan. Aytishlaricha, sobiq xokkeychi erkakka hujum qilib, unga jarohat yetkazgan. Ammo sportchining sud jarayoni ruhiy salomatligi bilan bog‘liq muammolar tufayli qoldirilgan. U sud jarayonida ishtirok etishga qodir emasligi aniqlangan.

Pavelich “muz ustidagi mo‘’jiza”da ishtirok etgan – amerikalik xokkeychilar SSSRlik raqiblari ustidan g‘alaba qozongandi. Ular Leyk-Plasiddagi o‘yinlarda musobaqaning favoriti hisoblangan. Milliy xokkey ligasida Pavelich “Nyu-York Reynjers” va “San-Xose Sharks” sharafini himoya qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing