Xitoyning yirik shahalaridan biri karantinga yopildi
Olam
−
03 Sentabr 2022
9573Xitoyning Sichuan provinsiyasi poytaxti Chendu shahrida koronavirus tarqalishi sababli qattiq karantin joriy etildi. Bu haqda “Bloomberg” agentligi xabar berdi.
Shaharda izolyatsiya joriy etish qarori 31 avgust kuni, COVID-19 bilan kasallanishning 157 ta holati qayd etilganidan keyin qabul qilingan.
Qayd etilishicha, 1 sentyabr kuni shaharda aholini ommaviy testdan o‘tkazish boshlangan. Karantin qoidalariga ko‘ra, fuqarolar uyda qolishlari shart. Tibbiy favqulodda vaziyatlar bundan mustasno. Oilalardan faqat bir kishi oziq-ovqat uchun kuniga bir marta tashqariga chiqishi kerak.
“Millionlab odamlar hayoti va biznesini o‘zgartiradigan ushbu qaror XXR iqtisodiyoti va undan tashqarida ham o‘z ta’sirini o‘tkazsa-da, mamlakat rahbari Si Szinpinning Covid Zero yondashuviga sodiqligini namoyish etadi. Ushbu yondashuv kasallik tarqalishini oldini olish uchun ommaviy testlar o‘tkazish va izolyatsiya joriy etishga asoslanadi”, deyiladi xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, 21 million aholisi bo‘lgan ushbu shaharda supermarketlar, dorixonalar va shifoxonalardan tashqari barcha muassasalar yopilgan. Restoranlarda ovqatlanish ham to‘xtatilgan bo‘lib, faqat olib ketishga ruxsat berilgan.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi