Xitoyning to‘rtta kemasi Yaponiya hududiy suvlariga kirdi

Olam

image

Xitoy qirg‘oq qo‘riqlash xizmatining to‘rtta kemasi Yaponiya hududiy suvlaridagi bahsli Senkaku orollari qirg‘oqlariga kirdi. Bu haqda Yaponiyaning NHK telekanali xabar bergan

Qayd etilishicha, Xitoy kemalari bugun, 14 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:30 da Yaponiya hududiy suvlariga birin-ketin kira boshlagan. Natijada, kemalar Minamikozima (Senkaku arxipelagining orollaridan biri) qirg‘oqlari yaqinidagi Yaponiya hududiy suvlarida joylashgan.

Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati Xitoy kemalariga zudlik bilan hududiy suvlarni tark etish haqida ogohlantirgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Yapon arxipelagi (yaponlar uni Senkaku, xitoylar esa Dyaoyuydao deb atashadi) 1895 yilda Xitoy bilan urushdagi g‘alabadan so‘ng, Tayvan bilan birga Yaponiya nazoratiga o‘tgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin arxipelag AQSH nazorati ostiga o‘tdi, biroq keyinchalik yana Yaponiyaga o‘tkazildi. Urushdan keyin Tokio Tayvandan voz kechishga qaror qildi va shu munosabat bilan Pekin Yaponiya orollarni ham qaytarishi kerak, deb hisoblaydi. Xitoy va Yaponiya o‘rtasidagi hududiy nizoning yangi keskinlashuvi Tokio 2012 yilda arxipelagdagi beshta oroldan uchtasini xususiy yapon egasidan sotib olib, ularning davlat maqomiga urg‘u berganidan keyin yuzaga keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

636

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing