Xitoyning ikki harbiy samolyoti Tayvan hududiga kirdi
Olam
−
11 iyul 2022
9601Joriy yilning 10 iyul kuni Tayvanning havo mudofaa tizimi Xitoyning ikkita harbiy samolyoti mamlakat hududiga kirganini qayd etdi. Bu haqda “Taiwan news” nashri xabar berdi.
Tayvan Milliy mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy ozodlik armiyasi havo kuchlarining bitta “Shaanxi Y-8” razvedka samolyoti va bitta “Shaanxi Y-8” suv osti kemalariga qarshi samolyoti Tayvanning janubi-g‘arbiy havo hududiga uchib kirdi. Bunga javoban Tayvan harbiy havo kemalari yubordi, radio ogohlantirishlar berdi va "PLAAF" rusumli samolyotlarni kuzatish uchun havo Mudofaa raketa tizimlarini joylashtirdi.
Mudofaa tizimi bu mamlakat havo xududidan tashqarida joylashgan zona bo‘lib, u yerda havo harakati nazoratchilari xududga kirib keluvchi samolyotlardan o‘zlarini tanishtirishlarini so‘raydi.
Iyul oyigacha Xitoy Tayvanning identifikatsiya zonasiga 17 ta harbiy samolyot, shu jumladan 10 ta qiruvchi samolyot va yettita "spotter" samolyotini yuborgan.
Qayd etilishicha, 2020 yil sentyabr oyidan boshlab Xitoy Tayvan havo mudofaa zonasiga muntazam ravishda samolyotlar jo‘natib, kulrang zona taktikasini qo‘llashni kuchaytirdi, aksariyat hodisalar janubi-g‘arbiy chegarada sodir bo‘lmoqda. Milliy Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda Xitoy harbiy samolyotlari 239 kun ichida Tayvan havo chegarasini 961 marta buzgan.
Abdulvohid Yoqubov
LiveBarchasi