Xitoyning Gonkong bo‘yicha rejalari noroziliklarga sabab bo‘ldi

Olam

image

Xitoy ma’murlarining Gonkong avtonom hududida milliy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qonun qabul qilish rejasiga qarshi minglab gonkongliklar namoyishga chiqdi.

Namoyishchilarni tarqatish uchun politsiya ko‘zni yoshlantiruvchi gaz va suvli o‘qlardan foydalanishiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, 180 kishi qo‘lga olindi. Huquq-tartibot organi ma’lumotiga ko‘ra, aksiya ishtirokchilari do‘konlar oynasini sindirib, tomlardan shisha idish va toshlar otishgan. Tartibsizliklar vaqtida kamida 6 kishi jarohatlangan.

Xitoyga Gonkongda milliy qonunlarni qo‘llab, u yerda xavfsizlik xizmati vakolatxonalarini ochish imkoniyatini beruvchi qonun loyihasi noroziliklarga sabab bo‘ldi. Mahalliy hokimiyat esa bu qonunni qo‘llab chiqdi. Qonunga qarshilar shu yo‘l bilan Gonkongning huquq va imkoniyatlari qisqarishidan xavotirda.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy-Gonkong

Baholaganlar

81

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar