Xitoyning GAS kompaniyasi yangi krossoverini taqdim etdi
Texnologiya
−
07 Sentabr 2020
6758Xitoyning GAS kompaniyasi Rossiya bozorida yangi besh o‘rindiqli GS5 krossoverini taqdim etdi.
Avtomobil uzunligi 4695 mm, kengligi - 1885 mm, balandligi - 1726 mm.
Krossover GAS GS5 Rossiyada 137 ot kuchiga yega 1,5 litrli turbomotor bilan sotiladi. Mashinada kruiz nazorati, panoramali tom, isitiladigan rul, orqa kamera, Bluetooth yoqilgan multimedia tizimi mavjud.
Bundan tashqari, avtomobil yo‘naltirilgan barqarorlik tizimi, tormoz kuchlarini taqsimlash tizimi, shuningdek, tog‘ga yoki tepalikka chiqishda yordam beradigan funksiya bilan ta’minlangan. GAS GS5 krossoveri oltita rangda taqdim etilgan, narxi 1 499 900 dan 1 849 900 rublgacha.
Rushanabonu Sultonova
LiveBarchasi