Tinib-tinchimas xitoyliklar sun’iy Oy ixtiro qildi
Olam
−
21 yanvar 2022 15528 1 daqiqa
Xitoylik olimlar Oyning past tortishish muhitini nazorat qilish uchun kamera qurdi. U sun’iy Oyning prototipi hisoblanadi. Bu haqda “South China Morning Post” nashri xabar berdi.
Qurilma past tortishish sharoitida kichik jismlarning harakatini o‘rganish uchun mo‘ljallangan.
Sun’iy oyning prototipi diametri 60 santimetr bo‘lgan dumaloq kameradir. Ma’lumki, Oydagi tortishish kuchi Yerdagidan taxminan olti baravar kam. Qurilmani sinab ko‘rish Oyda past tortishish sharoitida sodir bo‘ladigan oldindan aytib bo‘lmaydigan baxtiz hodisalar sonini kamaytirishga yordam beradi.
Hozirgi vaqtda fanda quruqlik sharoitida past og‘irlikni simulyatsiya qilishning faqat bitta usuli qo‘llaniladi - samolyotning erkin tushish rejimida parvozi. Xitoylik olimlarning yangi yutug‘i past tortishish ta’sirini o‘rganishda fanning imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirishi mumkin.
Shuningdek, Xitoy Oyda dunyodagi birinchi tadqiqot bazasini qurishni rejalashtirmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025