Xitoyga borgan birinchi xonimlar daryoda sayr qildi (video)

Olam

image

Bugun, 1 sentyabr kuni Xitoyning Tyanszin shahrida “Shanxay hamkorlik tashkiloti plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etayotgan davlat va hukumat rahbarlarining turmush o‘rtoqlari uchun ham madaniy tadbirlar tashkillashtirildi.

Yetakchilarning turmush o‘rtoqlari uchun o‘tkazilgan tadbirlarga Xitoy Raisi Si Szinpinning rafiqasi Ping Liyuyen mezbonlik qildi. Dastlab u birinchi xonimlarni iliq kutib oldi. Rahbarlarning rafiqalari madaniy dasturga borishdan oldin oilaviy suratga tushdi. Dastur davomida ular o‘z davlatlarining madaniy boyliklari haqida ma’lumot almashdi. Shundan so‘ng birinchi xonimlar Xayxe daryosi bo‘ylab maxsus kemada sayohat qildi.

Tadbirda Nepal, Armaniston, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, Eron, Misr, Turkiya va O‘zbekiston rahbarlarining rafiqalari hamda Eron Prezidentining qizi ham ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, SHHT sammiti 31 avgustdan 1 sentyabrgacha Tyanszin shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda 20 dan ortiq davlat rahbarlari va 10 ta xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etdi. Sammit yakunida hamkorlik bo‘yicha 15 ta yangi hujjat imzolandi. SHHT 2001 yil 15 iyunda Shanxayda tashkil topgan. Dastlab u oltita davlat – Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Tojikiston va O‘zbekistonni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, 2017 yilda Hindiston va Pokiston, 2023 yilda Eron, 2024 yilda Belarus tashkilotga a’zo bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy ShHT birinchi xonimlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing