Xitoydagi Osiyo o‘yinlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Joriy yilning 10 sentyabrdan 25 sentyabrgacha Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan XIX Osiyo o‘yinlari pandemik vaziyat sabab noma’lum muddatga qoldirilgandi.

Osiyo Olimpiya kengashi o‘yinlarning yangi sanasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, qit’aning eng yaxshi sportchilarini aniqlaydigan musobaqa 2023 yilning 23 sentyabr – 8 oktyabr kunlari o‘tkazilishi haqida qaror qabul qilindi.

Ma’lumot uchun, oxirgi Osiyo o‘yinlari Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida bo‘lib o‘tgan. O‘zbekiston umumiy hisobda 21 ta oltin, 24 ta kumush, 25 ta bronza - jami 70 ta medallar jamg‘arib 5 o‘rinni egallagan. Xitoy (1 o‘rin), Yaponiya (2 o‘rin), Janubiy Koreya (3 o‘rin) va Indoneziya (4 o‘rin) kuchli beshlikka kirgan.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing