Xitoyda tezyurar yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi

Olam

image

Xitoy janubidagi Guychjou provinsiyasida tezyurar yo‘lovchi poyezdi qisman relsdan chiqib ketdi. Oqibatda mashinist halok bo‘ldi, 8 kishi jarohatlandi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar bergan.

Qayd etilishicha, bugun, 4 iyun kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 10:30 da D2809 yo‘lovchi poyezdi Guychjou provinsiyasidan Guanchjou shahriga harakatlanib ketayotgan vaqtida tonnelga kirish joyida sel oqimi sababli to‘satdan sirg‘alib ketgan. Oqibatda sakkizinchi va yettinchi vagonlar relsdan chiqib ketgan, vagonlardan biri stansiya platformasiga olib chiqilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida mashinist, bir konduktor va yetti nafar yo‘lovchi jabrlangan. Ularning barchasiga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Poyezddagi qolgan 136 nafar yo‘lovchi xavfsiz tarzda evakuatsiya qilingan.

Ayni paytda favqulodda holat joyida avariya oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek uning sabablarini o‘rganish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

201

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing