Xitoyda maktab binosining tom qismi qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Xitoyning shimoli-sharqidagi Sitsikar shahrida joylashgan o‘rta maktab sport binosining tom qismi bosib qolishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi ma’lum qildi.

Keltirilishicha, hodisa kecha, 23 iyul kuni tushdan keyin Sitsikar shahrida (Xeylunszyan provinsiyasi)dagi maktabda sodir bo‘lgan. Voqea yuz bergan paytda sport zalida 19 kishi bo‘lib, 15 kishi vayronalar ostida qolib ketgan. Ulardan to‘rttasi qutqarildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ta’mirlash ishlarini olib borish qoidalari buzilgan. Maktab tomiga noqonuniy ravishda yotqizilgan perlit yog‘ingarchilik ta’sirida suvni shimib olgan va oqibatda binoning tom qismi qulab tushgan.

Hozirda qutqaruv ishlari yakunlangan. Politsiya ta’mirlash bilan shug‘ullangan kompaniya mas’ullarini qo‘lga olgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 iyul kuni Pokistonning Golra Morr hududida devor kuchli yomg‘ir yog‘ishi sababli namiqib, qulab tushgan edi. Buning oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing