Xitoyda kuchli zilzila sodir bo‘ldi (foto)

Olam

image

Bugun, 22 may kuni tunda Xitoyning shimoli-g‘arbidagi Sinxay provinsiyasida kuchli 7,4 balli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda “xinhua” agentligi yozmoqda.

Ma’lum qilinishicha, zilzila mahalliy vaqt bilan 2:04 da Xitoyning Golog-Tibet avtonom viloyatining Mado okrugi yaqinida qayd etilgan. Zilzila epitsentri 17 km chuqurlikda joylashgan. Ushbu tabiiy ofat oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan va 20 dan ortiq kishi jarohat olgan. 

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Xitoy hukumati zilziladan zarar ko‘rgan rayonlarning 21 ming aholisini evakuatsiya qilgan. Bundan tashqari, rasmiylar tabiiy ofatdan jabr ko‘rganlarga 1,55 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratgan. 

Shuningdek, 500 nafardan ortiq qutqaruvchilar va 100 dan ortiq texnika zilziladan zarar ko‘rgan hududlarga yuborilgan. Ko‘rilgan tezkor qutqaruv tadbirlari natijasida 30 dan ortiq kishi qulagan binolar ostidan topilgan va ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 21 may kuni ham Xitoyda zilzila yuz bergandi. Ikkita 5,6 va 6,4 balli zilzila mamlakatning janubidagi Yunnan provinsiyasida ketma-ket sodir bo‘lib, aholi yashash punktlariga yetarlicha zarar keltirgan.

Two regions of China hit by powerful earthquakes: 2 dead - Oneindia News

Three killed, 27 injured in series of earthquakes in China

Two strong earthquakes rattle China, killing at least three | South China  Morning Post


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

308

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing