Xitoyda bino qulashi oqibatida 30 ga yaqin odam halok bo‘ldi

Olam

image

Xitoy markazida joylashgan Hunan provinsiyasida joylashgan Chansha shahridagi binoning qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 26 kishiga yetdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 5 may kechki payt vayronalar ostidan 10 kishi qutqarib olingan va barchasi shifoxonaga jo‘natilgan. Ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 26 kishi esa halok bo‘lgani tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 aprel kuni ertalab Xitoy markazida joylashgan Hunan provinsiyasidagi Chansha shahrida ko‘p qavatli bino qulab tushdi. Oqibatda kamida 39 kishi bedarak yo‘qolgan.

Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, bino olti qavatdan iborat bo‘lgan. Birinchi qavatda do‘kon, ikkinchi qavatda restoran, uchinchi qavatda kichik kinozal va qahvaxona, to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qavatda mehmonxona joylashgan. Binoning umumiy maydoni taxminan 800 kvadrat metrni tashkil etgan. U 10 yildan kamroq vaqt oldin qurilgan.

Qulash oqibatida bedarak yo‘qolganlardan tashqari 23 kishi vayronalar ostida qolgan edi. 30 aprel kuni qutqaruvchilar besh kishini vayronalar ostidan olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan, keyinroq ikki kishi vafot etgani aytildi. 

Qulash sabablari hali aniqlanmagan, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing