Xitoyda aktrisa noqonuniy reklama uchun $1 mln jarimaga tortildi

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

Xitoy hukumati aktrisa Szin Tyanni noqonuniy reklama uchun 7,22 million yuan (taxminan 1 million dollar) miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Bozor nazorati davlat bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, jarima to‘g‘risidagi qaror qonun buzilishi qayd etilgan Guanchjou shahri (Guandun provinsiyasi) vakolatli organlari tomonidan qabul qilingan. 

Qayd etilishicha, aktrisa iste’molchiga so‘zlayotgan mahsulotning aniq sifatlarini tasdiqlovchi rasmiy hujjatsiz mahalliy Wuxianchang Jiankang kompaniyasi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini reklama qilgan. Xususan, Szin Tyanning ta’kidlashicha, bu mahsulotlar go‘yoki yog‘lar va shakarning tez so‘rilishini rag‘batlantiradi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, bozor nazorati organlari allaqachon Xitoy qonunchiligiga muvofiq jazolanadigan Wuxianchang Jiankang’ga nisbatan chora ko‘rgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1356

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing