Xitoyda har yili million nafar fuqaro izsiz yo‘qolmoqda – CNN

Olam

image
0:00
0:00
download

Xitoyda yiliga million nafarga yaqin fuqaro izsiz yo‘qolmoqda. Bu haqda CNN nashri Pekindagi Zhongmin ijtimoiy yordam instituti manbalariga asoslanib xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, fuqarolarning izsiz yo‘qolishi bilan bog‘liq birinchi yirik tafsilot 2020 yilda ma’lum qilingan. Shu yili mamlakatda 1 million yoki kuniga 2739 fuqaro dom-daraksiz yo‘qolgan. Ushbu aholining notabiiy kamayish tendensiyasi bugungi kunda ham davom etmoqda.

CNN bergan boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yildan to bugungi kunga qadar har yili Xitoyda 65 yoshdan katta bo‘lgan 500 mingdan ortiq keksa fuqaro yo‘qolmoqda. 65 yoshdan kichik bo‘lganlar orasida esa bu ko‘rsatkich kuniga 1300 tani tashkil etadi. Ikkala yosh toifasi doirasida bedarak yo‘qolganlar soni esa yiliga million kishiga yetadi.

Xalqaro tashkilotlar Xitoyda fuqarolar yo‘qolishi bilan bog‘liq holatlarni tekshirishga intiladi. Dunyodagi eng ko‘p sonli kuzatuv kameralarini o‘rnatgan mamlakatda aholi g‘oyib bo‘lishi va bu to‘g‘risida hech qanday kamera yozuvlari bo‘lmasligi g‘arb ijtimoiy tadqiqot institutlari o‘rtasida qizg‘in muhokamalar ko‘tarilishiga olib kelmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda Xitoy Xalq Respublikasi aholisi 1 milliard 459 milliondan ortiqni tashkil etmoqda. Ammo so‘nggi yillarda aholi soni o‘sish o‘rniga, aksincha kamayib bormoqda. Xususan, 2022 yilda mamlakat aholisi 850 000 kishiga kamaygan. Aholi soni o‘zgarishidagi bunday salbiy tendensiya, asosan, 60 va undan katta yoshdagi aholi ulushi oshib borganligi bilan izohlanmoqda. Bu toifadagi aholi bugungi kunda 200 millionni tashkil etmoqda. 2030 yilga borib keksa yoshdagilar soni 400 milliondan oshishi taxmin qilinmoqda. Har yili mamlakatda 90 milliondan oshiq fuqaro mehnat bozorini tark etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing