Xitoy “yadro triadasi”ni qurmoqda – Pentagon

Olam

image

Xitoy 2027 yilga borib 700 ta, 2030 yilgacha esa 1000 ta yadroviy kallakka ega bo‘lishi mumkin. Bu haqda AQSH Mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etilgan hisobotda aytilgan. 

Qayd etilishicha, Xitoy strategik aviatsiya, qit’alaro ballistik raketalar va yadroviy suvosti raketa tashuvchilarni o‘z ichiga olgan “yadro triadasi”ni qurmoqda. Mudofaa vazirligiga ko‘ra, Xitoy dushmanlariga yadroviy qurol bilan zarba bermoqchi emas, balki hujumlardan himoyalanmoqchi.

AQSH Qurolli Kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi general Mark Millining aytishicha, jahon hamjamiyati strategik beqarorlik kuchaygan davrga qadam qo‘ymoqda. Unga ko‘ra, hozirda xalqaro munosabatlar tizimida uchta kuch markazi mavjud – Rossiya, Xitoy va AQSH.

Ma’lum qilinishicha, AQSH ittifoqchilari Jo Bayden ma’muriyati tomonidan tayyorlanayotgan “Yadroviy qurol sharhi”ga yadroviy quroldan birinchi bo‘lib foydalanmaslik prinsipini kiritishidan xavotirda. AQSH sheriklarining fikricha, bu Rossiya va Xitoyga noto‘g‘ri signal bo‘lib, ularda “jazosizlik illyuziyasi”ni keltirib chiqarishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, avvalgi hisobotda AQSH Xitoyda 200 ta yadroviy kallakka ega ekanligi va 2030 yilga borib  bu miqdor ikki baravarga oshirishni rejalashtirayotganini taxmin qilgandi. 

Aytish joizki, hozirda AQSHning o‘zida 3750 yadroviy qurol bor.


Maqola muallifi

Teglar

yadroviy quroli

Baholaganlar

274

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar