Xitoy O‘zbekistonga yana 12 tonna insonparvarlik yordami yubordi

Jamiyat

image

Joriy yilning 12, 13 va 14 may kunlari Toshkent xalqaro aeroportiga Xitoy hukumatining O‘zbekistonga yuborgan navbatdagi insonparvarlik yuki olib kelindi. Bu haqda Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.

O‘zbekistonning koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash uchun yuborgan umumiy hajmi 12 tonna bo‘lgan navbatdagi yordam yukida tibbiy kombinezon, jarrohlik niqobi, himoya ko‘zoynaklari va masofaviy elektron termometrlar yuborilgan.

Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, Xitoy tomoni iyun oyida O‘zbekistonga yana yordam yuborishni rejalashtiryapti.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy bundan avval ham mart va aprel oylari oxirida O‘zbekistonga insonparvarlik yordam yuborgandi.

O‘z navbatida, joriy yilning 12 fevral va 3 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maxsus farmoniga binoan Xitoy Xalq Respublikasiga insonparvarlik yordami yuborilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

151

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing