Xitoy o‘rnini boy berdi

Olam

image

Xitoy endi AQSHning yetakchi savdo hamkori emas. Bu haqda rt.com sayti xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, hozirda Meksika AQSHning eng yirik savdo sheriklari ro‘yxatida birinchi o‘rinda, undan keyingi o‘rinda AQSHning boshqa bir qo‘shnisi Kanada o‘rin olgan. Bu borada Xitoy 2005 yildan beri ilk bor ro‘yxatdan uchinchi o‘ringa tushib ketdi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 2019 yilning o‘tgan olti oyi davomida 271 milliard dollarni tashkil etgani aniqlandi, AQSHning Xitoydan importi yillik hisobda 12 foizga, Xitoyga eksport esa 19 foizga kamaydi.

AQSH rahbari Donald Tramp, Amerika 1 sentyabrdan 300 milliard dollarga baholangan Xitoyning "qolgan" importiga 10 foizli soliqni yuklashini aytgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

110

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing