Xitoy tilga kirdi. Si Szinpin Qozog‘iston uchun kurashga kirmoqchi

Olam

image

Xitoy Xalq Respublikasi Qozog‘istonda qasddan tartibsizliklarni keltirib chiqarayotgan tashqi kuchlarga qat’iy qarshilik ko‘rsatadi. Bu haqda mamlakat rahbari Si Szinpinning Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevga yo‘llagan murojaatida aytilgan.

“Xitoy barqarorlikka putur yetkazuvchi va Qozog‘iston xavfsizligiga tahdid soluvchi har qanday kuchlarga qat’iy qarshi chiqadi”, degan Si Szinpin o‘z murojaatida.

Shuningdek, XXR raisining qayd etishicha, mamlakat Xitoy-Qozog‘iston do‘stligiga putur yetkazish va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikka xalaqit berish uchun qilingan har qanday urinishlarga qat’iy qarshi. 

“Xitoy Qozog‘istonda qasddan beqarorlik keltirib chiqaradigan va rangli inqilobni qo‘zg‘atayotgan tashqi kuchlarga qat’iy qarshilik ko‘rsatadi”, deyiladi murojaatda.

Shu bilan birga murojaatda qardosh qo‘shni va o‘zgarmas strategik sherik bo‘lgan Xitoy Qozog‘istonga zarur yordam ko‘rsatish va qiyinchiliklarni yengib o‘tishda qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga tayyorligi ham ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1742

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing