Xitoy Tayvan bo‘g‘ozi ustidan AQSH harbiy samolyotlari uchishini qoraladi

Olam

image

Xitoy AQSHning P-8A Poseidon suv osti kemasiga qarshi samolyotining Tayvan bo‘g‘ozi uzra parvozini qoralaydi va bu kabi harakatlar mintaqadagi tinchlik va barqarorlikka putur yetkazadi, deb hisoblaydi. Bu haqda bugun, 27 fevral kuni Xitoy Xalq ozodlik armiyasi jangovar qo‘mondonligi Sharqiy zonasining WyeChat messenjeridagi rasmiy akkauntida e’lon qilingan xabarda aytildi.

Qayd etilishicha, bugun, 27 fevral kuni tushdan keyin AQSH samolyoti Tayvan bo‘g‘ozi ustidan uchib o‘tgan. Tayvan mudofaa idorasi buni tasdiqlangan. Xitoy rasmiylari esa mazkur holatdan norozi ekanini bildirgan.

“Xitoy xalq ozodlik armiyasining Sharqiy jangovar qo‘mondonligi Amerika samolyoti ustidan parvozni kuzatish va nazorat qilish uchun kuchlarni joylashtirdi, hamma narsa nazorat ostida. Amerika tomoni bu kabi harakatlari bilan mintaqadagi vaziyatni ataylab izdan chiqarmoqda, tinchlik va barqarorlikni xavf ostiga qo‘ymoqda. Bunga qarshi keskin norozilik bildiramiz”, deydi Xitoy xalq ozodlik armiyasi vakili, katta polkovnik Shi Yi.

Ma’lumot uchun, AQSH Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining 2022 yil 2-3 avgust kunlari Xitoyning tomonidan keskin tanqidga uchragan Taybeyga safaridan so‘ng, XXR harbiylari Tayvan bo‘g‘ozidagi keskinlik kuchayishi fonida o‘z qirg‘oqlari bo‘ylab turli hududlarda mashg‘ulotlarni kuchaytirgan.

Bundan tashqari, ushbu tashrifdan so‘ng Xitoy armiyasi Tayvan suvlaridagi oltita zonada raketa otishmalari bilan keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazgan, ularda flot va aviatsiya ishtirok etgandi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing