Xitoy Rossiyani “chetga surib”, Avstraliya bilan ish boshlamoqchi – OAV

Olam

image

Xitoy rasmiylari Yevropa Ittifoqining Rossiya energiya resurslariga qo‘ygan sanksiyalari fonida Avstraliya ko‘miriga taqiqni bekor qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy va Hindiston joriy yilning bahor oylari davomida Rossiya Federatsiyasidan jami 24 milliard dollarga neft, gaz va ko‘mir sotib olgan. Xususan, birgina Xitoy energiyaga 18,9 milliard dollar sarflagan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli ikki baravar ko‘p.

“Greenpeace” ma’lumotlariga ko‘ra, endilikda, Xitoy Rossiyadan keladigan ko‘mir miqdorini kamaytirib, Avstraliyadan sotib olishga tayyorlanmoqda. 

Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I joriy yilning 8 iyul kuni Avstraliya TIV rahbari Penni Vong bilan uchrashuvda rasmiy Pekin ikki davlat munosabatlarini tiklashga tayyorligini bildirgan.

Shuningdek, Xitoyning ayrim kompaniyalari, rasmiylardan ruxsat yo‘qligiga qaramay, allaqachon, Avstraliyadan ko‘mir importini qayta tiklashga hozirlik ko‘rishni boshlagan.

Manbalarga ko‘ra, rasmiylar o‘tgan yilgi elektr ta’minotidagi uzilishlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yoqilg‘i ta’minotini ko‘paytirmoqchi.

Ma’lumot uchun, Xitoy ilgari Avstraliya ko‘mirining yirik iste’molchisi bo‘lgan, ammo 2020 yil oxirida norasmiy taqiqni joriy qilgandi.

Muhayyoxon Habibullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

384

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing