Xitoy Raisi Baydenning taklifiga ko‘ra iqlim sammitida qatnashadi

Olam

image

Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Szinpin iqlim bo‘yicha sammitda ob-havo to‘g‘risida nutq so‘zlaydi. Bu haqda mamlakat Tashqi Ishlar vaziri Xua Chuninning bayonotiga tayanib, TASS xabar berdi. 

“AQSH Prezidenti [Jo] Baydenning taklifiga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Szinpin 22 aprel kuni videoaloqa orqali iqlim bo‘yicha sammitda muhim nutq bilan ishtirok etadi”, deydi vazir o‘z xabarida.

Ma’lumot uchun, AQSH 22-23 aprel kunlari iqlim o‘zgarishi bilan kurash mavzusida sammit o‘tkazishni rejalashtirgan, sammitga 40 ta davlatning yetakchilari taklif etilgan. Tadbir atrof-muhit uchun zararli bo‘lgan mahsulotlarni ko‘chaga uloqtirmaslik borasida tartibni kuchaytirish mavzusiga bag‘ishlanadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Amerika Prezidentining iqlim bo‘yicha maxsus elchisi Jon Kerri Shanxayga tashrif buyurdi va xitoylik hamkasbi Se Chjenxua bilan uchrashdi. Uchrashuvdan so‘ng tomonlar birgalikda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va “Parij kelishuvi” ustida ishlashga tayyor ekanliklarini  e’lon qildi. Vashington va Pekin sayyorada havo harorati oshishini 2 darajadan pastroqda saqlab turish va bu ko‘rsatkichni 1,5 darajagacha cheklashga intilishni maqsad qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

54

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing