Xitoy Pelosini bahona qilib, Tayvanni egallab olmoqchi

Olam 7876
image

Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) AQSH vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi tashrifidan maxsus harbiy mashqlarga bahona sifatida foydalanmoqda. Tayvan Tashqi ishlar vazirligi rahbari Jozef Vu bugun, 9 avgust kuni Taybeyda bo‘lib o‘tgan brifingda shunday fikr bildirdi. 

Uning qayd etishicha, XXRning Tayvan atrofidagi faol harbiy mashg‘ulotlari orolga bostirib kirishga tayyorgarlik bo‘lishi mumkin.

U Xitoy o‘nlab yillar davom etgan Tayvan bo‘g‘ozidagi status-kvoni o‘zgartirishga intilayotganini aytmoqda. Pekin harbiy mashg‘ulotlarni boshlab, bo‘g‘ozdagi ajratuvchi chiziqni buzib, orolning alohida mavqeiga putur yetkazgan.

“So‘nggi bir necha kun ichida mintaqaviy tinchlik, barqarorlik va ayniqsa, Tayvan xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatadigan Xitoy mashg‘ulotlari tufayli bu fakt (status-kvo) zarar ko‘rdi”, deydi Jozef Vu.

Vazirning ta’kidlashicha, Xitoy joriy yilning 3–7 avgust kunlari ajratuvchi chiziq orqali 120 dan ortiq samolyotini orol tomonga yuborgan. Bunga javoban Tayvan samolyotlar va kemalarni jo‘natdi, radio ogohlantirishlarini uzatdi va nima bo‘layotganini kuzatish uchun yerga asoslangan raketa tizimlarini shay holatga keltirdi.

“Biz bo‘g‘ozning status-kvosini birgalikda saqlab qolish va ajratuvchi chiziq hokimiyatini qo‘llab-quvvatlash uchun dunyo mamlakatlaridan ko‘proq yordam olishni xohlaymiz”, deydi Vu.

Tayvan Mudofaa vazirligi kecha, 8 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:00 dan boshlab orol atrofida 39 ta harbiy samolyot va 13 ta XXR harbiy kemasi ko‘ringanini ochiqlagan.

Bundan tashqari, Xitoy Xalq ozodlik armiyasining 21 ta samolyoti Tayvan bo‘g‘ozi o‘rta chizig‘ining sharqiy qismi va orolning janubi-g‘arbiy havo mudofaa zonasi ustidan uchib o‘tgan.

Shu kuni Xitoy “Tayvan yaqinida”yangi mashqlar boshlanganini e’lon qildi. Shunday qilib, Pekin Tayvanga bosimni davom ettirish to‘g‘risida signal berdi.

Go‘zal Alimova

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 205
Reyting: 3
t
×