Xitoy Oyni o‘ziniki qilib olishi mumkin – NASA rahbari

Olam

image

AQSH Milliy Aeronavtika va fazoni tadqiq qilish boshqarmasi (NASA) rahbari Bill Nelson Xitoy bir kun kelib Oyga qo‘nishi va uni o‘z hududi deb e’lon qilishi mumkinligidan xavotirda. Bu haqda u “Bild” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Biz Xitoyning Oyga qo‘nishi va bu bizniki, siz uzoqroq turing, deyishidan juda xavotirda bo‘lishimiz kerak. Xitoyning kosmik dasturi, aslida harbiy dasturdir. Bu safar koinotni o‘rganish bo‘yicha yangi poyga Xitoy bilan bo‘ladi”, deydi NASA rahbari. 

Nelsonga ko‘ra, xitoyliklar o‘zining kosmik stansiyasida boshqalarga tegishli sun’iy yo‘ldoshlarni qanday yo‘q qilishni o‘rganadilar. 

Ma’lumot o‘rnida, 2004 yil yanvar oyida Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Oyni tadqiq qilish milliy dasturini tasdiqladi. 2019 yil yanvar oyida Xitoy kosmik kemasi birinchi marta uzoq masofagacha yetib borib, ko‘plab qimmatli ma’lumotlarni olgan. 

Missiya "Chan’e-4" sayyoralararo avtomatik stansiyasidagi "Yuytu-2” oy roveri bilan amalga oshirilgan. U Yerning tabiiy sun’iy yo‘ldoshi yuzasi bo‘ylab 1 ming metrdan ortiq masofani bosib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1236

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing