Xitoy Oydagi kraterlarning xaritasini yaratdi
Olam
−
03 noyabr 2022
3589Sharqiy Xitoydagi Shandun universiteti mutaxassislari Oy yuzasida geologik jinslarning tarqalishini ko‘rsatuvchi batafsil xaritani yaratdi. Bu haqda bugun, 3 noyabrda Sinxua agentligi xabar berdi.
1:2500000 masshtabida chiqarilgan model xitoylik olimlarning Oy yuzasida o‘n yillik tadqiqotlari natijalariga asoslangan. Bunday xaritani yaratish Xitoy Milliy kosmik ma’muriyatining (CNSA) Oyni tadqiq qilish dasturi missiyalari tufayli amalga oshirildi. Shuningdek, xaritani yaratish davomida Yer sun’iy yo‘ldoshi yuzasida ko‘plab ma’lumotlar, shuningdek, tuproq namunalari Yerga yetkazilgan.
Olimlarning fikricha, yaratilgan model keyingi tadqiqotlar uchun, shuningdek, kosmik missiyalarni rejalashtirish va tuproqdan namuna olish, joylarni tanlash uchun ishlatilishi mumkin.
Xarita Xitoy geologiya nashriyoti tomonidan xitoy va ingliz tillarida qog‘oz va raqamli versiyalarda chiqariladi.
Quvonchbek G‘aybullayev
LiveBarchasi