Xitoy: Odamlarni otib o‘ldirmayapmiz

Olam

image

Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vang Yi, so‘nggi kunlarda internet tarmoqlarida Xitoy hukumatining koronavirus bilan kasallangan fuqarolarning otib tashlanayotgani aks etgan videolar bo‘yicha Berlinga tashrifi chog‘ida nutq so‘zladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro jamoatchilik Xitoyni inson huquqlarini buzishda noto‘g‘ri ayblamoqda.

Germaniya poytaxtida nutq so‘zlagan Vang, kasallikka chalinganlar nazorat ostida ekanligini, shunga qaramay, virusning tarqalishiga qarshi kurashish Xitoy hukumati uchun muammo bo‘lib qolayotganini aytdi.  U Xitoyning virusga qarshi kurashini qo‘llab-quvvatlagani uchun xalqaro hamjamiyatga minnatdorchilik bildirdi. 

Xitoydagi inson huquqlari masalasi muhokama qilinganida, u mamlakat barcha mazlumlarni himoya qilishini va yordam berishini aytib o‘tdi. 

Vang o‘z nutqi davomida Falastin haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy falastinliklar va shunga o‘xshash yordamga muhtoj odamlar bilan birga va ularni qo‘llab-quvvatlaydi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 71 334 nafarga yetgan. Undan halok bo‘lganlar esa 1775 nafarni tashkil qilib turibdi.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

561

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing