Xitoy koinotga sun’iy yo‘ldosh uchirdi
Olam
−
21 Sentabr 2022
4275Xitoy bugun, 21 sentyabr kuni atmosfera, dengiz va kosmik muhitni kuzatish uchun foydalaniladigan uchinchi Yunhay-1 sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli uchirdi.
“Sinxua” axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, “Yunhay-1 03” sun’iy yo‘ldoshi mamlakat shimoli-g‘arbidagi Szyutsyuan kosmodromidan “Long March-2D” raketasi yordamida uchirilgan.
Parvozdan keyin sun’iy yo‘ldosh rejalashtirilgan orbital holatiga keltirilgan.
Shanxay kosmik parvozlar texnologiyasi akademiyasi (SAST) tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy yo‘ldosh ilmiy va tabiiy ofatlarning oldini olish bo‘yicha tadqiqotlar uchun foydalaniladi.
Yunhay-1 sun’iy yo‘ldoshlarining birinchisi 2016 yilning noyabrida, ikkinchisi esa 2019 yilning sentyabrida uchirilgan.
Long March seriyasidagi raketalar uchun (“Chanchjen” / “Buyuk yurish”) bu uchirma ketma-ket 438-chi bo‘ldi.
LiveBarchasi