Xitoy Instagram va Twitter’dan foydalanishga ruxsat beradi
Olam
−
15 dekabr 2021
2304Xitoy rasmiylari Pekin Olimpiadasi ishtirokchilariga mamlakatda bloklangan ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, Instagram va Twitter’dan foydalanishga ruxsat beradi. Bu haqda TASS agentligi Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga tayanib, xabar bermoqda.
Xitoy hududida eng mashhur xorijiy ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar: Facebook, Instagram, Twitter, WhatsApp va Telegram’ga kirish bloklangan. Shuningdek, mamlakatda Google qidiruv tizimi ham taqiqlangan deb tasniflanadi.
"Mezbon shaharning shartnoma majburiyatlariga muvofiq, Pekin qishki Olimpiada o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi barcha akkreditatsiyadan o‘tgan ishtirokchilarga asosiy Olimpiya ob’ektlari, shu jumladan o‘yinlar o‘tkazilishi mo‘ljallangan hududlarda yopiq tizim doirasida ochiq Internet xizmatini taqdim etadi”, deyiladi XOQ bayonotida.
“Pekin va Jangjiakou tumanlarining istalgan nuqtasida tarif rejasiga muvofiq tashkiliy qo‘mita tomonidan taqdim etilgan SIM kartalari bilan ochiq Internet xizmatidan foydalanish ham mumkin bo‘ladi”, deya qo‘shimcha qiladi tashkilot rasmiylari.
Ma’lumot uchun, Pekindagi qishki Olimpiya o‘yinlari 2022 yilning 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Barno Dusiyarova
LiveBarchasi