Xitoy G‘arb sanksiyalari fonida Rossiyani qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Xitoy hukumati G‘arbning Moskvaga nisbatan qo‘llagan sanksiyalari fonida Rossiyani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirmoqchi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbin ma’lum qildi.

“Biz bir tomonlama sanksiyalarni qo‘llashga qat’iy qarshimiz. Xitoy va Rossiya bir-biri bilan har tomonlama sheriklikni qo‘llab-quvvatlamoqda. Ushbu ikki davlat suverenitetini himoya qilishda ham bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi”, deya ta’kidladi u Moskvaga qarshi AQSH sanksiyalarining kuchaytirilishini sharhlar ekan.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Pekin AQSH va Rossiya konstruktiv siyosiy muloqot o‘rnatadi va kelishmovchiliklarni “teng va o‘zaro hurmat asosida” hal qiladi, deya umid qilmoqda.

Vakilning ta’kidlashicha, pandemiyada dunyo hamjamiyati yangi muammolarni yengish uchun birlashishi kerak. “Bunday vaziyatda dunyoda tinchlik va xavfsizlikni saqlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni kuchaytirish zarur”, deya xulosa qildi u.

Ma’lumot uchun, bir necha kun ilgari AQSH Rossiyaga qarshi turli cheklovlar o‘rnatdi, ular 32 nafar jismoniy shaxs va tashkilotlarga, shu bilan bir qatorda Rossiya davlat obligatsiyalari xaridiga ta’sir o‘tkazdi. Bundan tashqari, mamlakatdan 10 nafar rus diplomati chiqarib yuborildi.

Bu vaziyatdan so‘ng, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSHning sanksiyalari ikki davlat xalqi manfaatlari uchun xizmat qilmasligini bildirdi. Javob tariqasida Rossiya Amerikaning o‘nlab diplomatlariga mamlakatni tark etishni taklif qildi. Qisqa muddatli diplomatik vazifalar orqali keluvchi AQSH diplomatlarining tashrifi va mamlakat bo‘ylab harakatlanishi taqiqlandi, nazoratdagi bir qancha Amerika fondlari faoliyati tugatildi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasining AQSHdagi elchisi Anatoliy Antonov mart oyida muzokaralar uchun Moskvaga taklif qilingandi. 

Qayd etilishicha, Prezident Jo Bayden Putinning AQSH saylovlariga aralashgani uchun “javob berishi”ni ta’kidlaganidan so‘ng, Rossiya Qo‘shma Shtatlar bilan keyingi munosabatni belgilab olmoqchi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

204

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing