Xitoy elchisi Mirziyoyevga O‘zbekiston madhiyasidan parcha o‘qib berdi (video)

Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi faoliyati aks etgan “Maxsus rakurs” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida Prezidentning Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tgan bayram tadbiridagi ishtirokidan lavhalar taqdim etildi. Unda Xitoy elchisi Szyan Yan Shavkat Mirziyoyevga o‘zbek tilida minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston madhiyasidan parcha o‘qib berdi.

“Sizga katta rahmat. Ishlaringizda muvaffaqqiyat tilayman”, deydi elchi.

Shuningdek, Szyan Yan Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston madhiyasidan parcha o‘qib berdi:

“Ulug‘ xalq qudrati, jo‘sh urgan zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor”.

Prezident, shuningdek bir qancha xorijiy diplomatlar va zaldagi ayollarning deyarli yarmini shaxsan qo‘l berib tabrikladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

168

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made