Xitoy AQSHning uch gazetasi jurnalistlariga eshiklarini yopmoqda

Olam

image

Xitoy AQSHning "New York Times", "Wall Street Journal" va "Washington Post" gazetalari jurnalistlarining akkreditatsiyasini to‘xtatmoqda. OAV xodimlari 10 kun ichida o‘zlariga berilgan guvohnomani qaytarishlari kerak. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi saytida ma’lum qilingan. 

Qaror AQSH rasmiylari tomonidan XXR media tuzilmalari xodimlari uchun o‘rnatilgan viza cheklovlariga javoban qabul qilingan. 

CNN telekanali XXRdagi telekompaniyaning xodimi Devid Kalver akkreditatsiyani uzaytirish paytida muammolarga duch kelgani haqida xabar berdi. 

Odatiy bir yillik ruxsat o‘rniga Xitoy rasmiylari Kalver akkreditatsiyasini atigi ikki oyga uzaytirgan. 

Amerikalik jurnalistga bu qaror uning jurnalistik faoliyati bilan hech qanday aloqasi yo‘qligi, aksincha, AQSHning Xitoy OAVlariga ko‘rsatgan bosimiga qarshi choralar ekanligini aytildi.

Endilikda akkreditatsiyasi to‘xtatilgan jurnalistlar nafaqat Xitoyda, balki Gonkong va Makaoda ham jurnalist faoliyat olib bora olmaydilar. 

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi agar Vashingtonning AQSHdagi xitoylik jurnalistlarga nisbatan "kamsituvchi choralari" davom etaversa, Xitoy ularga ko‘zgu qiyofasida javob qaytarishi haqida ogohlantirdi. 

Hisobotda Xitoy hukumati tomonidan Amerika ommaviy axborot vositalariga nisbatan joriy qilingan qadamlar "AQSHning Xitoy matbuotiga asossiz bosimidan mutlaqo asosli va oqilona himoya" sifatida tasvirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy-AQSh

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar